logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lennoks Lyuis tarixdagi buyuk 5 bokschini sanab berdi

 3 DEKABR, 2025, 10:32

Qizig'i shundaki, britaniyalik tilga olgan charm qo'lqop ustalari orasida afsonaviy Mayk Tayson hamda Aleksandr Usikka joy topilmadi.

Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, Xalqaro boks SHon-shuhrat zali azosi Lennoks Lyuis tarixdagi eng buyuk bokschilar ro'yxatini tuzib chiqdi. U ro'yxatning birinchi pog'onasiga afsonaviy Muhammad Alini qo'ygan. 


Lyuis talqini bo'yicha tarixdagi eng buyuk 5 bokschi:

1. Muhammad Ali.

2. Jek Jonson.

3. Marvin Xagler.

4. Jorj Forman.

5. Jo Luis.


"O'zim ham eng yaxshilar ro'yxatiga kiramanmi? Ha, shubhasiz, men ham ular orasidaman", - deya Lyuisning so'zlarini keltiradi hardrockbet portali.

Eslatib o'tamiz, Lennoks Lyuis so'nggi jangida ukrainalik Vitaliy Klichkoga qarshi ringga ko'tarilgan edi. Ushbu jang 2003 yil 21 iyunda Los-Anjeles (Kaliforniya, AQSH) shahrida bo'lib o'tgandi. Aslida o'shanda Lennoksning raqibi Kirk Jonson bo'lishi kerak edi, ammo u jangdan bir necha hafta oldin jarohati tufayli safdan chiqqandi. Uning o'rnini ukrainalik Vitaliy Klichko egallagandi. Jang oltinchi raundda Lennoksning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangan edi (jang Vitaliy Klichkoning qoshi yorilishi sababli to'xtatilgan).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ