Olmo "Barselona"da qancha vaqt o'ynay olmasligi ma'lum bo'ldi
3 DEKABR, 2025, 09:12
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo seshanba kuni Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'yinda (3:1) olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.
65-daqiqada ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning o'yindagi ikkinchi golini urdi, ammo darhol zaxiraga olindi. Keyinroq futbolchining elkasi chiqqanligi aniqlandi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, xavbek uch hafta maydonga tusha olmaydi.
6 dekabr kuni "Barselona" "Betis"ga qarshi bahs olib boradi, keyin esa Frankfurtning "Ayntraxt" (09.12), "Osasuna" (13.12) va "Vilyarreal" (21.12) jamoalariga qarshi o'yin o'tkazadi.
Dani Olmo joriy mavsum 17ta o'yinda 4ta gol va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
