logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Makkenni: "Biz "Yuventus"ga buyuklikni qaytarishimiz kerak"

 3 DEKABR, 2025, 09:06

Turinning "Yuventus" klubi Italiya Kubogi chorak finaliga chiqdi. Jamoa o'z maydonida "Udineze"dan ustun keldi- 2:0. Turin klubining amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni ushbu g'alaba keyingi muvaffaqiyatlarga debocha bo'lishiga umid qilmoqda - u klubni Italiya futboli cho'qqisiga qaytarishga bel bog'lagan.

"Ko'rimsiz o'yin o'tkazish mumkin, ammo g'alaba qozonish muhim. "Yuventus" cho'qqiga qaytishi kerak. Bu klub shonli tarixga ega va biz uning buyukligini qaytarishimiz kerak," - deya Makkennining so'zlarini keltiradi Juvenews.eu.

"Yuventus" oxirgi marta 2024 yilda Italiya kubogida g'alaba qozongan. Hozirda klub A Seriyada ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ