logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola APLdagi 100-golini urgan Xoland haqida gapirdi

 3 DEKABR, 2025, 08:48

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xoland haqidagi savolga javob qaytardi.

Norvegiyalik futbolchi "Fulxem"ga qarshi kechgan bahsda (5:4) bir gol va ikkita assist bilan qahramonga aylandi. Bu forvard uchun Premer-liga doirasidagi yuzinchi gol bo'ldi - u bu ko'rsatkichga atigi 111 o'yinda erishdi va afsonaviy Alan Shirerning rekordini yangiladi.

"Xoland aql bovar qilmaydigan, juda ta'sirli. Bugun u shunchaki ajoyib o'yin ko'rsatdi, fantastik gol urdi. Umid qilamanki, u klubimizda o'ynashni davom ettirish va tobora ko'proq gol urish istagida yonmoqda," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi VVS.

Premer-liganing joriy mavsumida Erling Xoland 15 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ