logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston kriket federaciyasi va Afg'oniston kriket kengashi o'rtasida Memorandum imzolandi

 3 DEKABR, 2025, 08:48

Yozgi olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan va sport turlari orasida ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi kriket er yuzidagi 4 milliarddan ortiq aholining sevimli sport turi hisoblanadi.

2019 yilda tashkil etilgan O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan  qisqa fursatda mamlakatimizda 6 ta 13 yoshgacha, 14 ta 19 yoshgacha, 4 ta kattalardan iborat hamda 9 ta xotin-qizlar jamoalari tashkil  etildi. Bundan tashqari, yurtimizda turli sohalarda mehnat qilayotgan chet ellik kriket sport turiga qiziquvchilardan iborat 2 ta jamoa tashkil etilgan.


Mamlakatimizning Toshkent shahri, Qashqadaryo, Farg'ona, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm singari viloyatlarida kriket jamoalari mavjud bo'lib, belgilangan dasturga muvofiq, musobaqalar o'tkazib kelinmoqda. 


Ayni paytda kriket bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoalar shakllantirilib, xalqaro bellashuvlar, navbatdagi yozgi olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida  kriket federaciyasining  yil yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida ushbu sport turining rivoji, uning ommaviyligini taminlash, zarur infratuzilmani yaxshilash xususida so'z bordi.


Anjumanda ishtirok etgan O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev, O'zbekiston sport vazirligi vakillari, Afg'oniston kriket kengashi bosh kotibi Nasib Xon, Afg'oniston kriket kengashi azosi Xolid Xotam, Afg'oniston kriket kengashi bosh menejeri Abdul Hakim Rahmani va boshqalar jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Osiyo va xalqaro kriket kengashi bilan manfaatli hamkorlik o'rnatilganini takidlab, kriket sport turi rivoji yo'lida o'tgan davr mobaynida Angliya, Hindiston, Pokiston singari bir nechta davlatlarning kriket kengashlari bilan memorandumlar imzolanganini qayd etdi.


Savol-javoblarga boy kechgan anjuman yakunida O'zbekiston kriket federaciyasi va Afg'oniston kriket kengashi o'rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.















Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ