Simeone "Barselona"ga qarshi o'yinda Alvaresning muvaffaqiyatsizligini tan oldi
3 DEKABR, 2025, 08:36
Madridning "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning "Barselona"ga qarshi o'yindagi harakatlariga baho berdi.
"Matraschilar"ning etakchi hujumchisi "Kamp Nou"da 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan qutulib qolishda jamoasiga yordam bera olmadi. Argentinalik atigi bir marta raqib darvozasiga zarba berdi va 12 ta duelda atigi ikkitasida g'alaba qozondi.
"Xulian ham yomon o'ynaydi. Axir u inson va boshqa har qanday inson kabi uning ham kuni omadsiz o'tishi mumkin," - deya Simeonening so'zlarini keltiradi The Touchline.
