logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yangi rekord: Xoland APL tarixida eng tez 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi

 3 DEKABR, 2025, 03:36

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi o'yinda gol urdi.

25 yoshli norvegiyalik futbolchi 17-daqiqada Jeremi Dokuning uzatmasini golga aylantirdi. Bu Xoland uchun APLdagi 100-gol bo'ldi. U bu natijaga Angliya chempionati tarixida eng tez erishdi - 111 o'yinda. Xoland buning uchun 124 ta o'yin o'tkazgan Alan Shirerning rekordini yangiladi.

Xoland 2022 yilda "Borussiya"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. "Shaharliklar" safida barcha turnirlarda 164 ta o'yin o'tkazib, 143 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ