logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bunyodkor» gruziyalik to'purar bilan xayrlashdi

 2 DEKABR, 2025, 22:06

«Bunyodkor»ning joriy mavsumida jamoa uchun muhim hissa qo'shgan futbolchi – Imeda Ashortia bilan "qaldirg'ochlar" xayrlashdi.

«Bunyodkor»da qisqa vaqt o'ynagan bo'lsada, uning maydondagi fidoyiligi, jonbozlik bilan kurashgan har bir daqiqasi va muhim paytlarda kiritgan gollari muxlislarimiz qalbida abadiy qoladi. Imeda klubga qadam qo'ygan ilk kundan boshlab o'zini haqiqiy professional, jamoadoshlariga sodiq va har doim g'alaba uchun kurashadigan futbolchi sifatida ko'rsatdi. Uning mehnatkashligi, o'ziga xos xarakteri va maydondagi cheksiz ishtiyoqini chuqur qadrlaymiz. Imeda, biz uchun qilgan barcha ishlaring uchun katta rahmat! Kelajakdagi faoliyatingda ulkan zafarlar, sog'liq va baxt tilaymiz.

«Bunyodkor» seni doimo hurmat va mehr bilan eslaydi", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

2025 yilgi «Bunyodkor»dagi statistikasi:

- 30 o'yin
- 10 gol
- 2 golli uzatma.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ