logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta "Arsenal"ning jarohatdagi utbolchilari haqida gapirdi

 2 DEKABR, 2025, 18:00

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining 14-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi o'yin oldidan jamoasining jarohat olgan futbolchilari holati haqida gapirdi.

"Vilyam Salibada kichik muammolar bor edi, shuning uchun bu bir necha kunlik masala deb o'ylayman. Ko'ramiz, u ertangi kunga tayyor bo'la olarmikan. Kay Xaverts - bu bir necha haftalik masala. Ko'ramiz, yaqin orada hammasi qanday rivojlanadi. U juda yaxshi o'ynamoqda, maydonda muvaffaqiyatga erishdi, lekin menimcha, unga vaqt kerak. Gabrielning ham ishlari yaxshi ketmoqda, ammo tiklanish jarayoni ham bir necha hafta davom etadi", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Angliya chempionatining 13 o'yinidan so'ng "Arsenal" 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Brentford" esa 10-pog'onadan joy olgan. Jamoa hisobida 19 ochko bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ