"Tottenxem" Semeno uchun kurashib ko'rmoqchi
2 DEKABR, 2025, 17:18
«Tottenxem» "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni o'z safiga qo'shish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, biroq londonliklar “Manchester Siti” yoki “Liverpul” bilan raqobatda yutqazib qo'yishdan xavotirda.
Manbalarga ko'ra, «shporlar» futbolchi o'zi klubga o'tishni istamasa, transfer uchun harakat qilishni xohlamayapti. Klub Ebere Eze bilan bog'liq avvalgi vaziyat takrorlanishini istamaydi — u paytda futbolchining boshqa jamoani afzal ko'rayotgani ochiq-oydin sezilib turgan edi.
Ayni paytda Premer-ligada o'rta o'rinlarda ketayotgan va barqaror o'yin ko'rsata olmayotgan «Tottenxem» Semeno uchun eng jozibali variant emas. Shu bois klub rahbariyati vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.
