logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islombek Ismoilov Vitaliy Levchenkoga murojaat qildi

 2 DEKABR, 2025, 13:42

Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan Islombek Ismoilov "yo'lbarslar" sobiq ustozi Vitaliy Levchenkoga murojaat qildi.

«Neftchi» futbol klubi nomidan hamda shaxsan o'zim nomimdan jamoamizni bu mavsumda chempionlikka etaklagan, o'zining professionalligi, fidoyiligi va murabbiylik mahorati bilan butun Farg'ona futboli uchun katta hissa qo'shgan Vitaliy Grigorivich Levchenkoga chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman.

Vitaliy Grigorivich boshchiligida jamoa nafaqat chempionlikni qo'lga kiritdi, balki o'zining o'yin intizomi va jamoaviy ruhi bilan butun muxlislarimiz hurmatini qozondi. Bu yutuqlar murabbiy sifatidagi uning keng tajribasi va katta mehnatining natijasidir.

Shuningdek, Vitaliy Grigorivichni yilning eng yaxshi murabbiyi deb e'tirof etilgani bilan chin dildan tabriklayman. Bu mukofot uning fidoyiligi va futbolga bo'lgan haqiqiy muhabbatining munosib tan olinishi bo'ldi.

Kelgusida murabbiylik faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman», - deb yozgan 33 yoshli mutaxassis o'zining Instagram sahifasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ