logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Nitstsa" muxlislari klub futbolchilarini kaltaklashdi. O'yinchilar jarohat sabab safdan chiqdi

 2 DEKABR, 2025, 13:36

"Nitstsa" futbolchilari Jeremi Boga va hujumchi Teramas Moffi jamoa muxlislarining hujumidan so'ng jarohat olishdi. Har ikki futbolchi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Boga 5 kunga safdan chiqdi, Moffi esa yakshanbagacha ta'tiliga chiqarildi, deb xabar beradi RMC Sport.

Voqea yakshanba oqshomida Frantsiya Liga 1ning 14-turidan o'rin olgan "Loryan"ga (1:3) qarshi o'yindan so'ng "Nitstsa" mashg'ulot bazasi yaqinida sodir bo'lgan. Olti o'yindan iborat mag'lubiyatdan norozi bo'lgan 400 ga yaqin muxlis futbolchilar bilan suhbatlashish uchun to'plangan.

Avtobusga chiqish vaqtida fanatlar futbolchilarni haqorat qila boshlashdi, keyin esa muxlislar ba'zi futbolchilarga hujum qilishdi.

Frantsiya chempionatidagi 14 o'yindan so'ng "Nitstsa" 17 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ