"Arsenal" Janubiy Amerikadan egizak o'yinchilarni jamoaga olib keladi
2 DEKABR, 2025, 13:18
Londonning "Arsenal" klubi Ekvadorda iqtidorli yoshlarni kashf etdi. "To'pchilar" "Independente del Vale" jamoasining egizak o'yinchilari Edvin va Xolger Kintero bilan shartnoma tuzishga kelishib oldi.
Tomonlar orasidagi dastlabki kelishuv shu haftaning o'zida imzolanadi. Biroq futbolchilar faqat 18 yoshga to'lganlaridan so'ng - 2027 yil avgustida London klubiga qo'shilishlari mumkin. Hozirda Edvin va Xolger 16 yoshda.
Ikkala transferning umumiy qiymati haqida ma'lumot berilmagan. Bitim haqida yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
