"Yuventus" markaziy himoyachisi Bremerga APLning 3 klubi qiziqish bildirmoqda
2 DEKABR, 2025, 13:12
"Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini Angliyada davom ettirish variantlariga ega. Transfer News Live nashrining CaughtOffside’ga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli Bremer mudofaa chizig'ini kuchaytirishga intilayotgan "Tottenxem" uchun ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, "shporlar"ga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" raqiblik qiladi. Bremerning transfer narxi 60 million evro atrofida bo'ladi.
Oktyabr oyida Gleyson Bremer tizzasidan olgan jarohati tufayli operatsiya qilindi. Aytishlaricha, braziliyalik futbolchi yaqin kelajakda - dekabr oyida maydonga qaytishi mumkin.
"Yuventus" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
