logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan birini sotib olmoqchi

 2 DEKABR, 2025, 10:16

Ispaniyaning "Barselona" klubi 2026 yil yozi uchun transfer maqsadlarini belgilab oldi.

Kataloniyaliklar "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresni diqqat bilan kuzatgan bo'lsa-da, Marca xabariga ko'ra, bu transferlarni amalga oshirish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Klub hali juda qimmat transferlarni amalga oshira olmasligini tushunadi va shunga ko'ra markaziy hujumchi poziciyasi uchun realroq variantlarga o'tmoqda.

Robert Levandovskiga o'rinbosar bo'la oladigan o'yinchilar ro'yxatiga "Bavariya" forvardi Xarri Keyn va "Borussiya" Dortmund hujumchisi Seru Girassi kirgan. Markaziy hujumchi olish katalonlar uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.

SHu bilan birga, "Barsa" hozirgi mavsumda ko'p gol o'tkazilayotgani sababli chapaqay markaziy himoyachi transferiga ham qiziqmoqda. Klub vinger olishni ham o'ylayapti.

"Barselona" transfer bozorini kuzatishda davom etadi va bu nomlardan tashqari boshqa alternativalarni ham ko'rib chiqadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ