Amorimga Semeno kerak, ammo...
2 DEKABR, 2025, 08:48
"Manchester Yunayted" "Bornmut" vingeri Antuan Semeno xizmatiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Manbaning ta'kidlashicha, "MYu" bosh murabbiyi Ruben Amorim haqiqatan ham Semenoning o'yiniga ishqiboz, biroq hozirda klub boshqa pozitsiyani kuchaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, inglizlar hozircha 25 yoshli futbolchi bo'yicha faol muzokaralar olib bormayapti.
Qayd etilishicha, "Liverpul" va "Manchester Siti" futbolchining sotib olinishi mumkin bo'lgan shartlaridan allaqachon xabardor bo'lgan va bu shartlar yanvar oyidagi transfer oynasida ham saqlanib qoladi.
Semeno joriy mavsumda 13 ta bahsda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 55 mln evroga baholamoqda.
