logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ingliz klubidan yana ochko olib tashlandi

 2 DEKABR, 2025, 08:30

Angliya futbol ligasi (EFL) matbuot xizmati Chempionshipda ishtirok etayotgan "Sheffild Uensdey"dan yana 6 ochko olib tashlanganini ma'lum qildi.

Avvalroq jamoa 12 ochkoga jarimaga tortilgandi. Endi u -10 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.

Avvalroq "Sheffild Uensdey" xo'jayini Deyfon Chansiri kreditorlar bosimi tufayli klubni tashqi boshqaruvga topshirishga qaror qilgandi. 2025/26 yilgi mavsum boshlanishidan bir hafta oldin futbolchilar maoshlari to'lanmaganini ma'lum qilishdi.

EFL'da ochkolarni olib tashlash bo'yicha navbatdagi qaror moliyaviy majburiyatlar bo'yicha ko'plab liga qoidabuzarliklari bilan bog'liq edi. Shu bilan birga, Chansiri uch yil muddatga har qanday EFL klubi egasi yoki direktori bo'lish huquqidan mahrum qilindi.

Liga o'z bayonotida jamoaga boshqa jarima ochkolarini qo'llashni rejalashtirmayotganini ta'kidladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ