logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik "Barselona" futbolchisini maqtadi: "Uning transferi to'g'ri qaror bo'ldi"

 2 DEKABR, 2025, 08:18

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoaning asosiy darvozaboni - Joan Garsiya haqidagi savolga javob berdi.

- Joan Garsiyaning nimasi sizni ko'proq hayratga soldi?

- Bu oddiy savol emas, chunki men ikki buyuk darvozabon - Noyer va ter Shtegen bilan ishlaganman. Joanning kelajagi porloq. Birinchi kundanoq uning salohiyatini ko'rdim. U juda sifatli darvozabon: oyoq bilan yaxshi o'ynaydi, tezkor, harakatchan. Uning transferi to'g'ri qaror bo'ldi - yaqin yillarda u bizga barqarorlik beradi," - dedi Flik jurnalistlarga.

Joan Garsiya tizzasidan olgan jarohati tufayli ikki oyni o'tkazib yuborib, yaqinda safga qaytdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ