Bir vaqtning o'zida ikki darvozabon "Manchester Siti"ni tark etmoqchi
2 DEKABR, 2025, 07:18
"Manchester Siti" darvozabonlari Jeyms Trafford va Shtefan Ortega qishki transferlar davrida jamoani tark etmoqchi. Bu haqda jurnalist Jek Gogan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yozda Trafford jamoaga qaytganida, unga birinchi raqamli darvozabon o'rni va'da qilingan, ammo shundan so'ng klub Janluiji Donnarummani sotib olgan.
Joriy mavsumda 23 yoshli Trafford barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushib, ettita gol o'tkazib yubordi va ikki marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo'ldi. 33 yoshli Ortega biror marta maydonga tushmagan.
