logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Albertini: "Leau - iste'dod"

 2 DEKABR, 2025, 07:06

Italiyaning "Milan" klubi sobiq yarim himoyachisi Demetrio Albertini hozirda markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynayotgan Rafael Leauning sa'y-harakatlarini yuqori baholamoqda - u yangi murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostida yangi pozitsiyasidan zavq olayotganga o'xshaydi.

"Men hayron emasman. Allegri o'z jamoasi uchun muvozanatni a'lo darajada topadi va uning taktikasi Leau kabi iste'dodga joy beradi. U faqat barqarorlikni oshirish kerak, Allegri va uning jamoasi esa uni motivatsiyalantiradi," - deya Demetrio Albertini so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Leau "Milan" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ