logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: "Eng yuqori darajada o'ynashimiz kerak"

 1 DEKABR, 2025, 20:18

Hozirda La Liga chempionligi uchun kurashda to'rtta jamoa bor: "Barselona" (34 ochko), "Real Madrid" (33 ochko), "Vilyarreal" (32 ochko) va "Atletiko Madrid" (31 ochko).

"Barselona" va "Atletiko Madrid" seshanba kuni o'zaro to'qnash kelishadi. "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'yin haqida shunday dedi:

"Biz eng yuqori darajada o'ynashimiz kerak. "Atletiko Madrid" Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularda juda ko'p sifatli o'yinchilar bor va ular transfer bozorida tarkibni kuchaytirib oldilar.

Menga ularning o'yin uslubi yoqadi - ular ajoyib hujum chizig'iga ega. Bizning maqsadimiz - bu muhim o'yinda g'alaba qozonish", dedi Flik jurnalistlarga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ