Mayk Tayson Fyurini ringga qaytishga chaqirdi
1 DEKABR, 2025, 17:32
Boks afsonasi Mayk Tayson Tayson Fyuriga professional boksga qaytishni maslahat berdi."Menimcha, u bir necha oy dam olib, yana jang qilish uchun qaytishi kerak edi. U 40 yoshida yana ringga tushgisi keladi. SHuning uchun hozir qaytsin. Mashg'ulotni davom ettirsin, jang qilsin.
Agar hozir taslim bo'lsa, 40 yoshiga borib: "Eh, davom ettirsam bo'lardi", — deb afsuslanadi. SHuning uchun qo'lidan kelguncha jang qilishda davom etsin", — dedi Tayson.
Manba: olamsport.com
