"Surxon" iqtidori "Neftchi"ga o'tdi
1 DEKABR, 2025, 15:42
Termizning "Surxon" klubi hujumkor yarim himoyachisi Asilbek Jumaev faoliyatini "Neftchi"da davom ettiradi.
TopPodcast xabariga ko'ra, 20 yoshli hujumkor yarim himoyachini "yo'lbarslar" sotib olgan.
Kelishuv tafsilotlari hozircha aniq emas. Tez orada bu borada rasmiy xabar beriladi.
Jumaev joriy mavsumda "uchar tulporlar" safida jami 32 ta o'yinda 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
