"Hamma barchasini tushunib turibdi". Carukyan UFC divizionidagi vaziyat fonida muxlislariga murojaat qildi
1 DEKABR, 2025, 15:32
UFC engil vazn reytingida 1-o'rinda turgan Arman Carukyan kelajakda baribir chempion bo'lishiga ishonishini aytdi."Hamma barchasini tushunib turibdi. Meni qo'llab-quvvatlayotganlarga rahmat! Biz o'zimiznikini olamiz", — deb yozdi u Telegram’da.
Arman Carukyan — 29 yoshda. Uning MMAdagi professional rekordi: 23 g'alaba (15 tasi muddatidan oldin), 3 mag'lubiyat.
Manba: olamsport.com
