logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karlos Alkaras "Inter Mayami"ga keldi va Lionel Messi bilan uchrashdi

 1 DEKABR, 2025, 12:12

"Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning olti karra g'olibi, jahonning birinchi raqamli raketka ustasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras "Inter Mayami"ning so'nggi o'yiniga tashrif buyurdi va argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi bilan uchrashdi.

Shu kuni Fort-Loderdeyl shahridagi "Cheyz Stedium" stadionida Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" MLS pley-offining Yarim finalida "Nyu-York Siti" jamoasini 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Lionel esa mazkur uchrashuvda golli uzatmalar bo'yicha afsonaviy Ferents Pushkashning rekordini yangiladi.

2025 yilda Alkaras ikkita "Katta dubulg'a" turnirida – Rolan Garros hamda US Open'da g'olib chiqdi, uchta Masters musobaqasi chempioni bo'ldi va uchta besh yuztalik turnirda unvonni qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ