logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal: "Men faoliyatim davomida barcha rekordlarni yangilashga, million gol urishga yoki million o'yin o'tkazishga intiladiganlardan emasman"

 1 DEKABR, 2025, 12:06

"Barselona" vingeri Lamin Yamal individual yutuqlar va statistika haqida unchalik qayg'urmaydi. 18 yoshli futbolchi maydonda zavq olishni ma'qul ko'rishini tan oldi.

"Men faoliyatim davomida barcha rekordlarni yangilashga, million gol urishga yoki million o'yin o'tkazishga intiladiganlardan emasman. Men o'yindan zavq olishni istayman - umid qilamanki, zamonaviy bolalar mendan o'rnak olishni xohlashadi," - dedi yosh ispaniyalik intervyuda.

Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 120 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol va 43 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Ispaniya terma jamoasi safida futbolchi 23 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ