logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Qilichbozlarimiz Frantsiyadagi Gran-prida ishtirok etadi

 1 DEKABR, 2025, 09:42

Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Frantsiyaning Orlean shahrida bo'lib o'tadigan Sablya Gran-prisida ishtirok etadi.

4-6 dekabr kunlari Frantsiyaning Orlean shahrida xalqaro taqvimdagi eng nufuzli tadbirlardan biri - erkaklar va ayollar o'rtasidagi sablya Gran-prisi bo'lib o'tadi.

Turnir an'anaviy ravishda dunyoning eng kuchli qilichbozlarini birlashtiradi va mavsumning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Musobaqada allaqachon 43 dan ortiq mamlakat, jumladan, Jazoir, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Kanada, Xitoy, Misr, Frantsiya, Gruziya, Gonkong, Vengriya va boshqa ko'plab etakchi davlatlar vakillari ishtirok etadi.

O'zbekiston terma jamoasi
Erkaklar:
Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov, Zuxriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Alpamis Urakboev.

Ayollar:
Guliston Perdiboeva, Fernanda Errera, Zaynab Dayibekova, Samira Shokirova va Nargiz Jaksiboeva.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ