Mbappe 2025 yilda "Real" va milliy terma jamoa safida 60-golini kiritdi
1 DEKABR, 2025, 09:06
Kilian Mbappe La Liga doirasidagi "Jirona"ga (1:1) qarshi o'yinda penaltini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, hujumchi "Real" va Frantsiya terma jamoasi safida 2025 yilda barcha musobaqalarda 60-golini urdi (klub uchun 53, "uchranglilar" uchun 7).
Mbappe "Madrid" safida bir kalendar yilida kamida 53 ta gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Krishtianu Ronaldu buni besh marta uddalagan.
