logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konte: "O'yinchilardan raqibning ko'ziga qarashni talab qildim"

 1 DEKABR, 2025, 08:54

Italiya chempionatining o'n uchinchi turida "Napoli" "Roma" mehmoni bo'ldi va Antonio Konte jamoalariga xos bo'lgan pragmatik uslubda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Mutaxassis o'z futbolchilariga qanday motivatsiya bergani haqida gapirib berdi.

"Rimga kelib, bu erda munosib o'ynash oson bo'lmadi. Men o'yinchilardan-o'yin boshidanoq raqibning ko'ziga qarashni so'radim va ular buni qilishdi. Yigitlar yana g'alaba qozonish uchun iroda va motivatsiyaga ega bo'lishdi," - deya Kontening so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Neapolliklar keyingi turda Kontening sobiq jamoasi - Turinning "Yuventus" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ