"Lans" so'nggi 20 yil ichida ilk bor Frantsiya chempionati peshqadamiga aylandi
1 DEKABR, 2025, 08:48
Frantsiya chempionati turnir jadvalida kutilmaganda peshqadam o'zgardi - "PSJ" "Monako"ga mag'lub bo'lgach, "Lans" mehmonda "Anje"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ma'lum bo'lishicha, "Lans" so'nggi 21 yil ichida ilk bor Frantsiya chempionati peshqadamiga aylandi. Oxirgi marta bu 2004/2005 yilgi mavsumda sodir bo'lgan, ammo o'shanda bu uchinchi turda, ya'ni chempionatning boshida bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Lans" faqat bir marta, 1998 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan. Frantsiya chempionatining navbatdagi turida chempionatning yangi etakchisi yana safarda, ammo bu safar "Nant"ga qarshi o'ynaydi.
