Mareska "Arsenal"ga qarshi bahsda Jeymsning o'yiniga baho berdi
1 DEKABR, 2025, 08:42
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska yakshanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga doirasidagi "Arsenal"ga (1:1) qarshi o'yinda jamoa sardori Ris Jeymsning o'yiniga baho berdi.
25 yoshli angliyalik golli uzatmani amalga oshirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
"Ris fantastik o'yin namoyish etdi. U "Lids" bilan o'yinda 90 daqiqa o'ynay oladimi? Aslo unday emas. Voqelik shunday. Bugun u ajoyib edi, ammo biz uning yuklamasini nazorat qilishimiz kerak," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
