logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso "Real"ning "Jirona" bilan muvaffaqiyatsizligidan so'ng intervyu berdi

 1 DEKABR, 2025, 05:18

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Jirona"ga (1:1) qarshi o'yindagi durang haqida fikr bildirdi.

"Qaymoqranglilar" 67-daqiqada Kilian Mbappening penaltidan urgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Ikkinchi bo'limni birinchi bo'limga qaraganda ancha yaxshi o'tkazdik. Jamoa to'g'ri kayfiyat namoyish etdi. Bizda g'alaba golini urish uchun uch-to'rtta imkoniyat bo'ldi.

Birlikni saqlash kerak. Chorshanba kuni "Atletik" bilan o'yinda o'zimizni oqlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. La Liga - bu marafon. Oldinda hali ko'plab o'yinlar bor," - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ