logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vlaxovich bu yil maydonga tushmaydi

 30 NOYABR, 2025, 17:12

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda shanba kuni jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti ma'lum qildi.

Serbiyalik hujumchi A Seriyaning "Kalyari"ga qarshi uy uchrashuvining birinchi bo'limida jarohati sabab maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Spalletti futbolchida mushak cho'zilishi tashxisi qo'yilganini tasdiqladi. Jarohatining og'irligini yanada aniqroq baholash va tiklanish muddatini belgilash uchun Vlaxovich 1 dekabr, dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Dastlabki taxminlarga ko'ra, tekshiruv natijalaridan qat'i nazar, Vlaxovich 2025 yil oxirigacha maydonga qayta olmaydi. Shu tariqa, u "Napoli" (7 dekabr), "Bolonya" (14 dekabr) va "Roma"ga (20 dekabr) qarshi Italiya chempionatining markaziy o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

"Yuventus" uchun Vlaxovichning yo'qotilishi jiddiy zarba. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda 6 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ