logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iliya Topuriyaning o'zi nihoyat aloqaga chiqdi

 30 NOYABR, 2025, 16:48

Engil vazn toifasida gruziya/ispaniyalik UFC chempioni Iliya Topuriya yaqin orada jang qila oladimi yoki yo'q degan savolga javob berdi.

"Kelasi yilning birinchi choragida aniq jang qilmayman. SHaxsiy hayotimda qiyin davrni boshdan kechiryapman. Farzandlarimga etibor qaratishni, bu vaziyatni iloji boricha tezroq hal qilishni istayman. Divizionimiz janglarsiz muzlab qolishini istamayman. SHuning uchun UFC barcha kerakli janglarni tashkil qiladi. Muammolarimni hal qilishim bilan UFC'ga qaytishga tayyor ekanligimni xabar qilaman", deb yozgan Topuriya o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida.

Bir necha kun ilgari UFC yanvar oyida engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazilishi, bu unvon uchun amerikalik Jastin Getji hamda Angliya vakili Peddi Pimblett jang qilishi haqida xabar bergandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ