Kurtua to'liq sog'ayib, safga qaytdi
30 NOYABR, 2025, 13:24
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborganidan so'ng La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi gastroenterit tufayli lazaretda edi.
Navbatdagi bahsda "qirollik klubi" himoyachi Raul Asensioning yordamiga umid qila olmasa kerak. Futbolchi virusli infektsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborish xavfi ostida.
"Jirona" va "Real" uchrashuvi bugun, 30 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv bosh hakamining start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.
