logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" yulduzi jamoani tark etib, Angliyaga yo'l olishi mumkin

 30 NOYABR, 2025, 13:24

Urugvaylik yulduz yarim himoyachi Federiko Valverde jamoa ustozi Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Mirror jurnalistlari xabar bermoqda.

Yarim himoyachida tumanli Albionda o'ynash varianti bor. Valverdening transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" vakillari 27 yoshli futbolchining ispan grandidagi holatini kuzatib bormoqda.

Federikoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Uning transfer narxi 130 million evroga baholanmoqda.

Valverde 2025/2026 yilgi mavsumda 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ