logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Menni Pakyaoning navbatdagi jangi haqida malumot berildi

 30 NOYABR, 2025, 13:16

Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyaoning navbatdagi jangi ham chempionlik kamari uchun kechadi.

Yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Rolando Romero aynan Pakyaoga qarshi jangda kamarini himoya qilishi mumkin. May oyida Romero hakamlarning yakdil qarori bilan Rayan Garsiyani mag'lub etgan va Jahon boks associaciyasi (WBA ) chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.

Menni Pakyao to'rt yillik tanaffusdan so'ng shu yil iyul oyida ringga ko'tarilgandi. 46 yoshli afsona yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Mario Barriosga qarshi jang o'tkazib, durang natija qayd etgandi. Ko'pchilik o'sha jangda Pakyao g'alaba qozongan deb hisoblaydi. 

Menni qo'lqoplarni mixga ilish haqida o'ylamayapti. Hozir Romero "Pekmen"ning eng ehtimoliy raqibi hisoblanadi. O'sha oqshom dasturida birinchi o'rta vazn toifasida WBC chempioni Sebastyan Fundoraning Kit Turman bilan jangi bo'lib o'tishi mumkin. Bu ikki bokschi oktyabr oyidayoq jang qilishi kerak edi, ammo sparring paytida Fundora qo'lidan jarohat olgan va natijada bahs kechroq muddatga qoldirilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ