logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi: "Yana bir muhim qadamni tashlash qoldi"

 30 NOYABR, 2025, 13:06

"Inter Mayami" MLS Sharqiy konferentsiyasi pley-off bosqichi g'olibi bo'ldi. Final bahsida "qarg'alar" "Nyu-York Siti" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi - 5:1. Tadeo Alende xet-trik qayd etgan bo'lsa, Mateo Silvetti va Telasko Segoviya bittadan gol urdi. Lionel Messi o'z hisobiga golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Sharqiy konferentsiya chempioniga aylandik. Yana bir muhim qadamni tashlash qoldi - oldinda MLS kubogi finali," - deb yozdi 38 yoshli argentinalik futbolchi o'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay ijtimoiy tarmoqlarda.

Liga pley-off finalida "Inter Mayami" G'arbiy konferentsiya g'olibi - "Vankuver Uaytkeps" bilan to'qnash keladi. Hal qiluvchi o'yin 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ