"Manchester Siti" etakchi himoyachisi jamoa o'yinidan norozi
30 NOYABR, 2025, 11:36
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash jamoaning "Lids"ga (3:2) qarshi o'yindagi harakatlaridan noroziligini bildirdi.
"Bunday xatolarga shunchaki yo'l qo'yib bo'lmaydi, kelajakda bunday holat takrorlanmasligi kerak. Biz etarlicha yaxshi emasdik - ayniqsa, ikkinchi bo'limning boshlanishi yomon o'tdi. Balki 10-15 daqiqadan keyin ko'nikib, o'zimizga kelgandirmiz, ammo bu vaqtga kelib "Lids" oradagi farqni qisqartirib ulgurgandi," - dedi Diash jurnalistlar bilan suhbatda.
