Dani Olmo: "Biz hayratda qoldik"
30 NOYABR, 2025, 11:30
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo "Alaves"ga (3:1) qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Alaves" o'yin boshida bizni hayratda qoldira oldi. Xayriyatki, g'alaba qozonishni uddaladik. Raqibda golli vaziyatlar bo'ldi, ammo bizga Joan Garsiya yordam berdi - u ajoyib o'yin ko'rsatdi. "Kamp Nou"da "Barselona" safida o'ynash va gol urish - haqiqatga aylangan orzu," - dedi Dani Olmo DAZN’ga bergan intervyusida.
