"Inter Mayami"ning MLS kubogi finalidagi raqibi ma'lum bo'ldi: Messi - Myuller qarama-qarshiligini ko'ramiz
30 NOYABR, 2025, 11:24
"Vankuver" MLS pley-offining yarim finalida "San-Diego"ni mag'lub etdi - 3:1.
Mehmonlar safida hujumchi Brayan Uayt (8 va 45+2-daqiqalarda) dublni rasmiylashtirdi. Yana bir golni o'z darvozasiga "San-Diego" posboni Pablo Sisnioga (11-daqiqa) kiritdi. Mezbonlar safida yagona gol hujumchi Irving Losano hisobiga yozildi (60-daqiqa).
79-daqiqada Sisnioga maydondan chetlatildi.
"Vankuver" MLS pley-off finalida "Inter Mayami" bilan o'ynaydi. Hal qiluvchi o'yin 7 dekabrga belgilangan.
