Mourino o'z vatandoshini klubiga taklif qilmoqchi
30 NOYABR, 2025, 11:06
"Bavariya" chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi, shuning uchun u yanvar oyida arzonroq narx evaziga boshqa klubga qo'shilishi mumkin.
"A Bola" nashrining xabar berishicha, Lissabon klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Myunxenda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan 31 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan.
