logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Superliga. «Qizilqum» — «Sho'rtan» o'yini zaxira hakami va futbolchi o'rtasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh

 30 NOYABR, 2025, 09:00

Superliga 30-turi doirasidagi «Qizilqum» — «Sho'rtan» uchrashuvining 90+2-daqiqasida to'p maydon tashqarisiga chiqqan vaziyat bo'yicha zaxira hakami Alisher Rahimqulov bosh hakamga qo'shimcha axborot bergan. Zaxira hakamining “Krasniiy aut” degan ma'lumoti to'p kimdan chiqayotganini aniqlashtirish va bosh hakamga to'g'ri qaror qabul qilishda yordam berish maqsadida aytilgan. Bu — o'yin qoidalariga ko'ra ruxsat etilgan va hakamlar brigadasi o'zaro hamkorligining odatiy bir qismi hisoblanadi.

Biroq ushbu holat chog'ida «Sho'rtan» jamoasining 88-raqamli futbolchisi hakamlar qaroriga bevosita aralashishga uringan va “qanday krasniiy?” deya norozilik bildirgan. O'yin qoidalariga ko'ra, futbolchining hakamlar qaroriga bosim o'tkazishi yoki munozarali shaklda aralashuvi sport etikasi va intizom talablari bilan mos kelmaydi.

Vaziyatning o'zi va videoyozuvlar shuni ko'rsatadiki, zaxira hakami bosh hakamga o'z vaqtida to'g'ri ma'lumot bergan, natijada yakuniy qaror qoidalar asosida qabul qilingan. Afsuski, mazkur epizod ayrim OAV vakillari tomonidan noto'g'ri talqin qilingan hamda holatning asl mazmuni noto'g'ri yoritilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ