"Inter Mayami" o'z tarixida ilk bor MLS kubogi finaliga chiqdi
30 NOYABR, 2025, 08:30
"Inter Mayami" tarixda ilk bor MLS kubogi finaliga chiqdi.
Lionel Messi to'p tepadigan floridaliklar 1/2 finalda "Nyu-York Siti"ni tor-mor etishdi (5:1).
Bu mavsumgacha "Inter Mayami" birinchi bosqichdan o'ta olmagan va 2024 va 2022 yillarda musobaqani erta tark etgan.
Joriy mavsumning hal qiluvchi bahsida Xaver Maskerano jamoasi 6 dekabr kuni "San-Diego" va "Vankuver Uaytkeps" jamoalari o'rtasidagi yarim final g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
