logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. Fodenning dubli "Manchester Siti"ga "Lids"ga qarshi juda qiyin o'yinda g'alaba keltirdi, Husanov zaxirada qoldirildi

 29 NOYABR, 2025, 22:24

"Manchester Siti" o'z maydonida APL 13-turidan o'rin olgan "Lids"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 3:2.

"Shaharliklar" safida Fil Foden dublga erishdi. Yarim himoyachi 1- va 90+1-daqiqalarda gol urdi. Yana bir gol 25-daqiqada Yoshko Gvardiol tomonidan kiritildi.

Mehmonlardan Dominik Kalvert-Lyuin (49) va Lukas Nmecha (68) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

"Manchester Siti" (25 ochko) APLda 2-o'ringa chiqib oldi. "Lids" (11) ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.

Parallel o'yinlarda "Brentford" "Byornli"ni mag'lub etgan bo'lsa (3:1), "Sanderlend" "Bornmut"dan ustun keldi (3:2).

APL. 13-tur

29 noyabr, 20:00

Manchester Siti - Lids - 3:2

Gollar: Foden, 1 (1:0). Gvardiol, 25 (2:0). Kalvert-Lyuin, 49 (2:1). Nmecha, 68 (2:2). Foden, 90+1 (3:2)

Foydalanilmagan penalti: Nmecha, 68’

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Gonsales, Bernardu Silva (Marmush, 89), Reynders (Sherki, 75), Doku (Stouns, 90+6), Foden, Xolann

Lids: Perri, Streyk, Rodon, Djastin (Gudmundsson, 69), Bogl, Ampadu, Gruev, Tanaka (Aaronson, 90+2), Nonto (Biyol, 46), Djeyms (Kalvert-Lyuin, 46), Nmecha (Okafor, 82)

Ogohlantirishlar: Mateus Nunes, 55. Bernardu Silva, 57. Gvardiol, 66. Donnarumma, 87 - Rodon, 58

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ