"Milan" Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun qishda rasmiy taklif bilan chiqmoqchi
29 NOYABR, 2025, 18:36
"Kristal Pelas" markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta bir necha klublar e'tiboriga tushdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Frantsiya terma jamoasi forvardi A Seriya va APL klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Italiya jamoalari orasida Matetaga "Milan" da'vogarlik qilayotgani ma'lum. "Rossonerilar" qishki transferlar vaqtida "Kristal Pelas"ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Mateta "burgutlar" safida 2022 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali frantsuzni 35 mln evroga baholamoqda.
