logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roppa-rosa 15 yil avval Gvardiolaning "Barselona"si Mourinoning "Real"ini sharmanda qilgandi (video)

 29 NOYABR, 2025, 18:18

Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam, 2010 yilning 29 noyabr kuni Ispaniya chempionatida "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasida "el-klasiko" bo'lib o'tgan edi. O'shanda jamoalarga Xosep Gvardiola va Joze Mourino ustozlik qilar edi.

"Barselona" o'sha oqshom azaliy raqibini tor-mor keltirdi. Final hushtagi chalinganida "Kamp Nou" stadioni tablosida 5:0 hisobi yonib turardi. Gollarga Xavi, Pedro Rodriges, David Vilya (dubl) va Xeffren mualliflik qilgan.

Darvoqe, taxminan bir oy oldin bo'lib o'tgan so'nggi "klasiko"da "Real" o'z maydonida "Barselona"dan 2:1 hisobida ustun keldi. Aynan madridliklar hozirda La Ligada peshqadamlik qilmoqda, kataloniyaliklar esa bir ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ