"Tottenxem" "Manchester Yunayted" transfer maqsadini ilib ketmoqchi
29 NOYABR, 2025, 17:24
"Brayton" xavbeki Karlos Baleba klubini o'zgartirishi mumkin. 21 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasining yana bir vakili qiziqish bildirmoqda.
Caught Offside jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, yarim himoyachini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shporlar" futbolchini "Manchester Yunayted"dan tortib olmoqchi.
O'z navbatida "Brayton" Balebani katta summaga - 100 million evroga baholamoqda. Futbolchining "chaykalar" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.
