logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Carukyanning kallasini uzib tashlayman" – Pimblett 2026 yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi

 29 NOYABR, 2025, 13:00

Britaniyalik Peddi Pimblett 2026 yildan o'rin olgan uchta asosiy rejasini elon qildi.

Peddi engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionligini qo'lga kiritishga, keyin esa Iliya Topuriya bilan jangda kamarni birlashtirishga va uni Arman Carukyanga qarshi bahsda himoya qilishga vada berdi.

"2026 yil hayotimdagi eng muhim yil bo'ladi. Vaqtinchalik chempionlikni qo'lga kiritib, keyinchalik Iliya Topuriyani mag'lub etib, mutlaq chempion bo'lmoqchiman. Keyin bu kichkina nozik bola - Arman Carukyanga navbat keladi. Agar u oktagonga chiqa olsa, chunki u bekor o'tirishni va bel og'rig'idan shikoyat qilishni yaxshi ko'radi. Uning ham kallasini olaman", - deya Pimblettning so'zlarini keltiradi UFC’ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkaunti.

Peddi Pimblett 24 yanvar kuni UFC 324 turnirida Jastin Getji bilan vaqtinchalik kamar uchun jang qilishi kerak. Reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Carukyan avvalroq britaniyalikni UFC reytingida engil vazn toifasida eng yaxshi beshlikka loyiq ko'rilmagani uchun tanqid qilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ