"Barselona"ning kelasi yozdagi rejalari ma'lum bo'ldi
29 NOYABR, 2025, 12:00
Kataloniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda birdaniga bir necha futbolchi bilan kuchayishni rejalashtirmoqda, bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" kuchaytirilishi kerak bo'lgan uchta pozitsiyani belgilagan. "Barselona" yangi markaziy hujumchi, markaziy himoyachi va hujumkor yarim himoyachi sotib olmoqchi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Xans-Diter Flik shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar 13 turdan keyin 31 ochko to'pladi.
